Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aylanmadan olinadigan soliq va foyda soligʻi toʻlangan yil uchun qanday hisobot topshirish kerak Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi qanday toʻldiriladi Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobi qanday toʻldiriladi

Sud tizimida oʻzgarishlar roʻy berdi

02.10.2017

 

Hujjat bilan jinoyat ishlari boʻyicha Xiva, Shahrisabz, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyoʻl shahar sudlari va tegishli shahar ma’muriy sudlari, shuningdek jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent tuman sudi va Toshkent tuman ma’muriy sudi tashkil etildi.

 

Yangidan tashkil etiladigan sudlarni toʻldirish uchun 16 nafar boshqaruv хodimlari shtat birligi, shu jumladan 5 nafar sudya ajratiladi, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan sudlarning 9 nafar sudyasi qayta taqsimlanadi.

 

Bundan tashqari,  ayrim fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudlar va tumanlararo iqtisodiy sudlar yurisdiksiyasida oʻzgarishlar roʻy berdi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Shahar (viloyat)

 

Yurisdiksiya sudi nomi

 

Xiva shahri (Xorazm viloyati)

fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudi

Bogʻot tumanlararo iqtisodiy sudi

Shahrisabz shahri (Qashqadaryo viloyati)

fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudi

Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudi

Ohangaron shahri (Toshkent viloyati)

fuqarolik ishlari boʻyicha Ohangaron tumanlararo sudi

Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi

Nurafshon shahri (Toshkent viloyati)

fuqarolik ishlari boʻyicha Oʻrta Chirchiq tumanlararo sudi

Oʻrta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi

Yangiyoʻl shahri va  Toshkent tumani (Toshkent viloyati)

fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumanlararo sudi

Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 29.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz