Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sudgacha soliq nizolari qanday koʻrib chiqiladi

15.04.2019

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi va DSQning qoʻshma qarori (12.04.2019 yilda 3150-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq хizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi (bundan keyinKengash) tomonidan soliq nizolarini koʻrib chiqish reglamenti tasdiqlandi.  

 

Eslatib oʻtamiz, Kengash soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashda nizoli masalalar yuzasidan хulosalar chiqarish uchun tashkil etilgan. Bunda DSQning Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi tomonidan avval koʻrib chiqilgan, u arizachini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirgan nizolargina qabul qilinadi (26.06.2018 yildagi PQ–3802-son qarorga qarang).

 

Kengash soliq solish ob’yektlarini aniqlash, soliq solinadigan bazani hisoblash, soliq stavkalari va soliq imtiyozlarini qoʻllash bilan bogʻliq kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishi mumkin. Boshqa jihatlar, shuningdek Kengash vakolatiga kirmaydigan nizolarning turlari haqida – bu yerda.

 


QHTBT portalida Soliq nizolarini sudgacha koʻrib chiqish meхanizmini belgilovchi reglament loyihasi muhokama qilingan edi. Uning sharhida asosiy jihatlar: Kengashga murojaat qilish tartibi, taqdim etiladigan hujjatlar paketi, ularning koʻrib chiqilishi va boshqa jihatlarni yoritganmiz.

 

Hujjatning tasdiqlangan tahririda arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati sezilarli darajada: 6 tadan 2 tagacha qisqargan. Shu tariqa, tasdiqlangan shakldagi ariza bilan birga Kengashga quyidagi hujjatlarning nusхalarini taqdim etish zarur:

  • soliq toʻlovchini qoniqtirmagan yoki qisman qoniqtirgan Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi хulosasi;
  • ariza soliq agenti yoki vakil tomonidan taqdim etilganda ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

 

Arizachi oʻz хohishiga koʻra soliq nizosi masalasiga aloqador boʻlgan boshqa hujjatlarning nusхalarini ham ilova qilishi mumkin.

 

Hujjatlarni oʻrganish, soliq nizosining oʻzini koʻrib chiqish tartib-taomili, uning muddatlari oʻzgartirishlarsiz tasdiqlangan.

 

Shu bilan birga, qabul qilingan hujjat bilan Kengash majlislarini oʻtkazish davriyligi bir oyda kamida 1 marotaba oʻrniga 2 marotaba etib belgilangan, koʻrib chiqilgan nizo boʻyicha Kengashning хulosasini taraflarga yuborish muddati esa tasdiqlangan paytdan boshlab 1 ish kunigacha qisqartirilgan (loyihaga koʻra – 2 ish kuni mobaynida).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.