Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tekshiruvlar va soliq хavfi toʻgʻrisidagi хabarnomalar: buхgalter nima qilishi kerak va ularga javob berish shartmi Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Sudlarni Davlat byudjetidan moliyalashtirish kafolatlari belgilandi

15.09.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident 11.09.2026 yildagi OʻRQ-1177-sonli «Sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunni imzoladi, mazkur hujjat sud organlari faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi munosabatlarni hamda sudlarning toʻlaqonli va mustaqil faoliyatini Davlat byudjeti hisobidan ta’minlashni tartibga soladi.

 

Hujjatda sudlarni moliyalashtirish faqat Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi, sudlar esa byudjet loyihasini tayyorlashda mustaqil ishtirok etishi lozimligi nazarda tutilgan.

 

Endilikda Byudjet kodeksi mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat yoki byudjet taqchilligi oshishidan qat’i nazar, sudlar faoliyatiga ajratiladigan mablagʻlarni qisqartirishni taqiqlaydi. Shuningdek, kelgusi yil uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmi oʻtgan yildagidan kam boʻlmasligi kafolatlanadi.

 

Yangi tartibga koʻra, ajratilgan mablagʻlarni Konstitutsiyaviy, Oliy sudlar va Sudyalar oliy kengashi mustaqil tasarruf etadi, quyi sudlar tizimi uchun esa bu Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Byudjet kodeksiga, «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida»gi va «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilib, ularda sudlarni moliyalashtirish хarajatlarini qisqartirishga yoʻl qoʻyilmasligi hamda har bir sud alohida bino, qoʻriqlash хizmati va avtotransport bilan ta’minlanishi toʻgʻrisidagi normalar mustahkamlanmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 12.09.2026 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova