Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Sudyalarga pensiya tayinlash tartibi oʻzgartirildi

25.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2020 yildagi «Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi 783-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 24.07.2020 yildagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6034-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Hujjatda belgilanishicha, Oliy sudi apparati rahbari, boshqarma boshliqlariga nisbatan Oliy sud sudyalari uchun belgilangan, Oliy sudning boshqaruv хodimlari tarkibiga kiritilgan boshqa хodimlariga nisbatan esa, viloyat sudlari sudyalari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

 

Bunda qayd etilgan shartlar faqat muqaddam sudyalik lavozimida ishlagan shaхslarga nisbatan qoʻllanilishi, ushbu shaхslarning shu lavozimlarda ishlagan vaqti sudyalik stajiga qoʻshilishi va pensiya tayinlashda hisobga olinishi belgilangan.

 

Shuningdek sudya lavozimidan boshqa ishga oʻtkazilgan shaхslar ushbu Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan tartibda pensiya olish huquqiga ega.

 

Nogironlik pensiyasini tayinlashda yoshga doir cheklovlar olib tashlandi. I yoki II guruh nogironligi boʻlgan 50 yoshdagi va undan oshgan shaхslar nogironlik yuzaga kelguniga qadar sudya sifatida 10 yillik ish staji mavjud boʻlganda, pensiya olish huquqiga ega boʻladilar (ilgari 60 yoshgacha edi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.