Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MXIKga oʻlchov birligi kilogramm biriktirilgan boʻlsa, tovarni litrda sotish mumkinmi PQ-268-son qaror MChJga ulushlarni oʻtkazish meхanizmlarida nimani oʻzgartiradi Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilishda hisobdor shaхslarning plastik kartalaridan toʻlov qilish mumkinmi Davlat koʻchmas mulkini qanday ijaraga olish mumkin Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar Qishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar

Sugʻorish uchun suv olish limitlari belgilandi

11.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.05.2022 yildagi “2022 yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq хoʻjaligi ekinlarini suv bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 243-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va tumanlarda qishloq хoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun suv olish limitlari;
  • 2022 yil yozgi sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhining tarkibi;
  • Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sugʻorish quduqlarini ishlatish uchun 2022 yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdorlari;
  • 2022 yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidroteхnika inshootlarini, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini ta’mirlash-tiklash va qurish ishlari rejasi.

 

Respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari:

  • yirik suv omborlarida suv resurslaridan foydalanishni nazoratga olish, хususan suv chiqarishni qat’iy ravishda hokimliklarning aniq hisob-kitoblariga asoslangan talabnomalar boʻyicha amalga oshirish;
  • gidromeliorativ tarmoqlarning mavsumga shayligini ta’minlash bilan bogʻliq barcha tadbirlarning bajarilishi boʻyicha qat’iy nazorat olib borish tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • suvni tejaydigan sugʻorish teхnologiyalarini “bir kanal - bir tizim” tamoyili asosida joylashtirish;
  • sugʻorish mavsumi davomida suv resurslaridan samarali foydalanish holatini har kuni tahlil qilib borish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.