Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sugʻurtalovchilarga jarima qanday qoʻllaniladi

15.05.2024

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan Sugʻurtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (Adliya Vazirligida 10.05.2024 y. № 3512-son bilan roʻyхatdan oʻtkazildi). 

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • umumiy qoidalar. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganligi uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima qoʻllashga haqli. Bunda, sugʻurtalovchiga qoʻllaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 foizidan ortik boʻlmasligi lozim. 
  • jarima sanksiyalarini qoʻllash asoslari. Ularga quyidagilar kiradi:

- vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirilgan nazorat tadbirlari va tekshirish natijasida olingan ma’lumotlar va rasmiylashtirilgan hujjatlar;

- qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organiga topshiriladigan hisobotlar va ma’lumotlar;

- auditorlik va aktuar tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha хulosa va boshqalar; 

  • jarima sanksiyalarini qoʻllash. Sugʻurtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror vakolatli davlat organining rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorni qabul qilishga ishchi komissiyaning  хulosasi asos boʻladi.
  • vakolatli davlat organi qarori ustidan shikoyat qilish. Vakolatli davlat organining jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan sugʻurtalovchi qarordan koʻchirmani olgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida apellyatsiya kengashiga yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat kilish huquqiga ega. 

 

Nizom bilan muayyan turdagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun jarimalar miqdorini oʻz ichiga oladigan ilova (“Sugʻurtalovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun vakolatli davlat organi tomonidan qoʻllaniladigan jarima sanksiyalari”)  tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova