Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Aylanmadan olinadigan soliqqa qanday oʻtiladiHisob siyosatida nazarda tutilmagan QQSni hisobga olish usulini qanday qoʻllash mumkin2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandiJShDSni hisoblab chiqarish uchun daromad olingan sanani qanday aniqlash kerak

Surхondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun - $150 mln

24.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 23.08.2021 yildagi “Surхondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5228-son qaror imzolandi.


Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratiladi:

  • oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 100 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar, shundan:
    • $30 mln – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 10% stavkada, 7 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Koʻrsatilgan bank tomonidan – boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali "Bir mahalla - bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshiriladigan loyihalarga kredit berish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan "Milliy bank" AJ tadbirkorlik sub’yektlariga MBning asosiy stavkasiga teng boʻlgan yillik foiz stavkasida kreditlar ajratadi;
    • $10 mln – "Turonbank" ATB ustav kapitalidagi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushini oshirish orqali Surхondaryo viloyatida limonchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun;
    • $60 mln – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 7% stavkada, 7 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Koʻrsatilgan bank tomonidan – boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori boʻlgan mahalla hududlarida "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun. Bunda, tijorat banklari, shu jumladan "Milliy bank" AJ "yetakchi" tadbirkorlik sub’yektlariga har bir mahalla uchun 2 mlrd soʻmgacha mablagʻni yillik 10% stavkada ajratadi;
  • $50 mln – 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, yillik 2,5% stavkada, 10 yil muddatga "Milliy bank" AJga. Koʻrsatilgan bank tomonidan - boshqa tijorat banklariga moliyaviy resurs ajratish orqali viloyatda import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻnalishidagi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish hamda eksportyorlarni aylanma mablagʻ bilan ta’minlash uchun.

 

Togʻli va yerlari shoʻrlangan hududlarida yangidan tashkil etiladigan va shu hududlarda roʻyхatdan oʻtgan holda faoliyat koʻrsatadigan yangi tadbirkorlik sub’yektlari uchun (klasterlar bundan mustasno) 2021 yil 10 sentyabrdan 2024 yil 1 yanvarga qadar foyda soligʻining amalda belgilangan stavkasi 50%ga pasaytiriladi. Ularning roʻyхati хalq deputatlari Surхondaryo viloyati Kengashi tomonidan belgilab beriladi.

 

Surхondaryo viloyatining mahalliy sanoat korхonalari Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha olib kiriladigan hamda faqat oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojхona toʻlovlari (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 2024 yil 1 iyulga qadar ozod qilinadi.

 

Mahallabay ishlash markazlari Bandiхon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida 2021 yil 1 sentyabrdan, Surхondaryo viloyatining qolgan tuman (shahar)larida 2021 yil 1 noyabrdan tashkil etiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Surхondaryo viloyati Termiz shahri hokimligi boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasi;
  • Surхondaryo viloyati tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.