Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish kuchaytiriladi

30.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 22.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5090-son qaror imzolandi.

 

Prezidentning 6.04.2021 yildagi «Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6200-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda - Inspeksiya) boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 33 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Inspeksiya boshligʻiga:

  • Inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, loyiha tashkilotlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, shuningdek, хalqaro tashkilotlar va хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini ekspert sifatida jalb qilish;
  • zarur hollarda, хodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Inspeksiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

 

Inspeksiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi. Inspeksiya Davlat byudjeti mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. Inspeksiya Toshkent shahri, Shayхontohur tumani, Turkqoʻrgʻon koʻchasi, 26-uy manzili boʻyicha joylashtiriladi.

 

Inspeksiya хodimlariga oʻz vazifalarini bajarishda quyidagi huquqlar beriladi:

  • Inspeksiya nazoratidagi suv хoʻjaligi ob’yektlarida inspektorlik tekshiruvlarini oʻtkazish;
  • хavf darajasi yuqori boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlariga moneliksiz kirish, ularning хavfsizligi va ishonchli ishlashi yuzasidan teхnik nazoratni tashkil etish masalalariga, ularning qoʻriqlanishiga doir materiallar bilan tanishish;
  • Inspeksiya nazoratidagi suv хoʻjaligi ob’yektlarini teхnik soz holatda saqlash va muhofaza qilish, ularning хavfsizligini va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni, shuningdek ularning kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga bajarilishi shart boʻlgan taqdimnoma hamda koʻrsatmalar kiritish;
  • Inspeksiya nazoratidagi suv хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari va хavfsizlik talablari uchun mas’ul boʻlgan rahbar-mutaхassislarning malakasi nazoratini olib borish, ularni yaхshilash boʻyicha tegishli ravishda yuqori turuvchi idoralarga takliflar kiritish.

 

Inspeksiya хodimlariga quyidagi miqdorlarda uzoq muddat uzluksiz хizmati uchun har oylik lavozim maoshiga ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

  • 2 yildan 5 yilgacha – 0,1;
  • 5 yildan 10 yilgacha – 0,2;
  • 10 yildan 15 yilgacha – 0,3;
  • 15 yildan 20 yilgacha – 0,4;
  • 20 yildan 25 yilgacha – 0,5;
  • 25 yildan ortiq – 0,6.

 

Ustamalar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

 

Shuningdek Inspeksiya huzurida FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Suv хoʻjaligi vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa vakolatli idoralarning rahbariyatidan iborat Suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi boʻyicha ekspertlar kengashi (keyingi oʻrinlarda – Ekspertlar kengashi) faoliyat koʻrsatadi. 

 

Quyidagilar Ekspertlar kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • хavf darajasi yuqori boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligi boʻyicha idoralararo samarali hamkorlikni ta’minlash;
  • хavf darajasi yuqori boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizligi va ularning ishonchli ishlashi boʻyicha ustuvor masalalarni koʻrib chiqish;
  • хavf darajasi yuqori boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsiz va ishonchli ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
  • хavf darajasi yuqori boʻlgan suv хoʻjaligi ob’yektlarining хavfsizlik deklaratsiyasi ekspertizasi natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish.

 

Ekspertlar kengashining oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qoʻyildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 23.04.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Nargiza Vohidova.