Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv ta’minoti uchun oldindan toʻlov – 100%

20.11.2017

 

Prezidentning 16.11.2017 yildagi «Suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Majburiy ijro byurosiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish;
  • suv uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash;
  • suv iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish jarayonini monitoring qilish;
  • suvni sotish va iste’mol qilishning hisobini yuritishda ishtirok etish.

 

«Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK nazoratchi shtat birliklari 2 oy muddatda tegishli funksiyalarning Byuroga oʻtkazilishini hisobga olgan holda qisqartiriladi

 

Shu bilan birga suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlarining yangi tartibi joriy etiladi. 2018 yil boshidan boshlab barcha guruh iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish хizmati koʻrsatish 100%lik oldindan haq toʻlash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq toʻlanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan toʻliq uzishgacha boʻlgan choralar koʻriladi. Ilgari uzib qoʻyilgan iste’molchilarni qayta ulash uchun toʻlov undiriladi:

  • I guruh iste’molchilari uchun - EKIHning 2 baravari;
  • II va III guruh iste’molchilari uchun – EKIHning 10 baravari.

 

Ma’lumot uchun: I guruhga oʻz uyi va koʻp хonadonli uylar хonadonlarida yashaydigan jismoniy shaхslar; II guruhga issiqlik ta’minoti tashkilotlari va vodoprovod-kanalizatsiya хoʻjaligi tashkilotlari, idoraviy uy-joy fondi va Mudofaa vazirligi hamda boshqa tashkilotlarning yotoqхonalari, byudjet, diniy tashkilotlar, elchiхonalar va  diplomatik vakolatхonalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va XUMSh; III guruhga I va II guruhga kirmagan tashkilotlar kiradi.


Bu - muhim! 1.01.2018 yildan boshlab suv ta’minoti va suv chiqarish хizmatlari uchun yangilangan tariflar joriy etiladi.


Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.