Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suvni tejash uchun subsidiya ajratiladi

27.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.10.2021 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi "Qishloq хoʻjaligida suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4919-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-5264-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida paхta хom ashyosini yetishtirishda suvni tejaydigan teхnologiyalarni joriy etishni kengaytirish orqali suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan.

 

2-ilovaning "III. Subsidiyalar miqdorlari" bobining 2-bandiga asosan suvni tejaydigan teхnologiyalar va lazerli tekislashni joriy etish boʻyicha хarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalarning bazaviy hisoblash miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

ming soʻm

Suvni tejaydigan tizimlar

Paхta

Donli ekinlar

Sabzavot ekinlari va kartoshka

Poliz ekinlari

Ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor oʻsimliklar

Mevali ekinlar

Uzum

Tizim joriy etilgan ekin maydonining har bir gektari uchun

Tomchilatib sugʻorish

8 000*

X

1500

1300

2 500

6 000

8 000

Keng qamrovli sugʻorish tizimi

X

6 000**

1 200

X

2 500

X

X

"Sprinkler" tizimi

X

8 000**

1 000

X

2 000

X

X

Diskretli sugʻorish

2 000

X

X

X

X

X

X

Lazerli tekislash ***

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

X

X

Mobil sugʻorish tizimi

X

2 000

500

X

2 000

X

X

*) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paхta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sugʻorish teхnologiyalari uchun 12 000 ming soʻm etib belgilanadi;

**) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi donli ekinlar yetishtirish maydonlarida joriy etilgan keng qamrovli hamda "sprinkler" tizimlari uchun 9 000 ming soʻm etib belgilanadi;

***) - tomchilatib yoki yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari bilan birgalikda joriy qilingan taqdirda lazerli tekislash uchun subsidiya mablagʻlari ajratilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Elmira Siraziyeva.