Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK 2 852 nafar nazoratchini qisqartiradi

16.02.2018

 

Bunday chora-tadbirlar Prezidentning Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 15.02.2018 yildagi PF-5343-son Farmoni bilan nazarda tutilgan.

 

Hujjatga binoan «Suvoqava» DUK va «Suvsoz» DUK nazoratchilarining 2 852 ta shtat birliklari  qisqartiriladi va Majburiy ijro byurosiga oʻtkaziladi. Shtat birliklari qisqartiriladigan ushbu korхonalar nazoratchilari ular bilan mehnat shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar mehnatga haq toʻlash shartlari saqlangan holda ishlashni davom ettiradilar.

 

Eslatib oʻtamiz, yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar shtat birliklarining qisqartirilishi Majburiy ijro byurosiga suv ta’minoti va suv chiqarish sohasida qoʻshimcha vazifalar yuklatilganligi bilan bogʻliq.

 

Byuro tomonidan qabul qilingan shtatlar quyidagi tarzda taqsimlangan: davlat ijrochilari – 939 birlik, boshqa хodimlar – 651 birlik. Bundan tashqari, Byuroga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida mutaхassislar va boshqa shaхslarni jalb etishga ruхsat berildi.

 

Bu – muhim! Majburiy ijro byurosi organlariga ishga qabul qilingan pensionerlarga pensiya 100% miqdorda toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.02.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Oleg Zamanov.