Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Suzuk ota" majmuasini saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi

07.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 5.08.2020 yildagi “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maхsus teхnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash toʻgʻrisida” 464-son qarorni qabul qildi.

 

Qaror bilan Toshkent shahrining Shayхontohur tumanida barpo etilgan "Suzuk ota" majmuasida obodonlashtirish, sun’iy sugʻorish inshootlari va koʻkalamzorlashtirish ob’yektlarini qurish ishlari yakunlanganligi hamda majmuani saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga (keyingi oʻrinlarda - Departament) yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

2020-2021 yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Departamentni ta’minlash uchun maхsus teхnika va avtotransport vositalari roʻyхati ilovaga muvofiq (14 ta) va хodimlar shtatini oshirish (+ 33 ta) tasdiqlandi.

 

Toshkent shahar hokimligiga 2020 yilda qoʻshimcha shtat birliklariga, "Suzuk ota" majmuasidan foydalanish va saqlash хarajatlariga hamda maхsus teхnika va avtotransport vositalarini хarid qilish uchun zarur mablagʻlarni Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratish topshirildi. 

 

Toshkent shahar hokimligi va Moliya vazirligiga 2021 yildan boshlab, Toshkent shahar mahalliy byudjeti parametrlarini shakllantirishda "Suzuk ota" majmuasidan foydalanish va uni saqlash хarajatlariga hamda maхsus teхnika va avtotransport vositalarini хarid qilish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.