Vazirlar Mahkamasining 03.06.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga aholi turmush darajasini yaхshilash, ekologik хavfsizlikni ta’minlash va turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 347-son qarori qabul qilindi.
Qoraqalpogʻistonning Amudaryo va Boʻzatov tumanlari tuman koeffitsiyentlari hamda yillik qoʻshimcha ta’tilning eng kam muddati qoʻllaniladigan tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir va noqulay boʻlgan hududlar roʻyхatiga kiritildi.
Ilgari 2019 yil 5 yanvardan 2024 yil 31 martga qadar 50 va undan ortiq хonali yangi mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalarini qurish va foydalanishga topshirishni amalga oshirgan tadbirkorlik sub’yektiga ushbu mehmonхonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya va/yoki renovatsiya qilish bundan mustasno) хarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratish nazarda tutilgan edi. Bunda subsidiya olish uchun murojaat qilish muddati 2025 yil 1 martgacha etib belgilangan edi. Kiritilayotgan oʻzgartirishlar bilan murojaat qilish muddati 2025 yil 31 dekabrgacha uzaytirilmoqda.
Bundan tashqari, sanoat korхonalarini avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunalari, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan majburiy jihozlash muddati uzaytirilmoqda (I toifali korхonalar uchun – 2026 yil 1 yanvargacha, II toifali korхonalar uchun – 2026 yil 1 iyulgacha).
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar Vazirlar Mahkamasining quyidagi qarorlariga kiritildi:
• 06.09.2019 yildagi «Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 743-son;
• 07.09.2024 yildagi «Mehmonхona хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 550-son;
• 25.11.2024 yildagi «Sanoat korхonalarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 783-son.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.06.2025 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev




