Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlar bilan hamkorlik shartnomalarini tuzish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

07.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.11.2023 yildagi 586-son qarori bilan  Vazirlar Mahkamasining «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis» dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2023 yil 7 iyuldagi 279-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Tuzatishlar kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlarini manfaatli hamkorlikka yanada keng jalb qilish va ularga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan kiritilmoqda.

 

Xususan, 07.07.2023 yildagi 279-son VMQga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosarlariga «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaхassis» dasturi doirasida 200 tadan ortiq ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik shartnomasini tuzish huquqini berish (amaldagi tahririda – huquq faqat vazirlarga beriladi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.