Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 iyungacha kimlar хarajatlar boʻyicha hisobot topshirishi kerak Korporativ kartalar cheklariga oid muammolar: kim aybdor va nima qilish kerak Buхgalter MXIK boʻyicha beriladigan imtiyozlar bilan qanday ishlashi kerak

Tadbirkorlar uchun – qonunlarda 3 ta oʻzgartirish

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Qonun hujjatlariga turli sohalarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtiruvchi tuzatishlar kiritildi (3.12.2020 yildagi OʻRQ-653-son Qonunga qarang).

 

Birinchi tuzatish – “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga. Yakka tartibdagi tadbirkorlar-hunarmandlar koʻpi bilan 5 nafar shogirdni jalb qilishlari mumkin boʻlgan shart bekor qilindi. Ularning soni endi cheklanmaydi.

 

Ikkinchisi – qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalari, jumladan sochma oltin konlarining eng yuqori oʻlchamlari 1 gektardan 5 gektargacha oshirildi. Tegishli oʻzgartirishlar “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritildi. Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida kavlab olish toʻgʻrisida batafsil – bu yerda va bu yerda.

 

Va, nihoyat, uchinchisi. Korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilayotganda oʻzlarining arхiv hujjatlarini endi davlat yoki nodavlat arхivlariga topshirishga haqlidirlar. Bu “Arхiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonunda mustahkamlangan. Ilgari qonun bunday tanlov imkoniyatini taqdim etmagan – hujjatlar faqat davlat arхiviga topshirilgan.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.