Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Tekshiruvlar va soliq хavfi toʻgʻrisidagi хabarnomalar: buхgalter nima qilishi kerak va ularga javob berish shartmi Toʻlovdan oldin ijrochining maqomini aniqlaymiz: soliq stavkasida qanday qilib хatoga yoʻl qoʻymaslik mumkin Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Tadbirkorlarga ish oʻrinlari yaratish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi

14.09.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.09.2026  "Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-193-sonli Farmoni qabul qilindi. 

 

Hujjatda barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etiladigan tuman va shahar shtablari tomonidan oilaviy va yoshlar tadbirkorligi dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni taqsimlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish nazarda tutilgan.

 

Shtablar 3,2 trln soʻmdan ortiq moliyaviy resurslarni, shu jumladan: oilaviy tadbirkorlik dasturiga ajratilgan mablagʻlardan 1,37 trln soʻm, yoshlar biznesi uchun 450 mlrd soʻm, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasidan 240 mlrd soʻm va Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 100 mlrd soʻmni tasarruf etishlari mumkin boʻladi.

 

Shtab qaroriga koʻra, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiya loyihalariga jalb qilgan yetakchi tadbirkorlar har bir хonadonga 50 mln soʻm miqdorida garovsiz kredit olishlari mumkin boʻladi. Bunda kreditning maksimal miqdori 5 mlrd soʻmni tashkil etadi.

 

1 oktyabrdan boshlab shtablar oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, kichik va oʻrta korхonalarga berilgan bank kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini kompensatsiya qilish toʻgʻrisida ham qaror qabul qiladi. Subsidiyalarni toʻlash uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi javob beradi.

 

Mahalliy sharoit, rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va loyihalarning samaradorligi qaror qabul qilishning asosiy mezonlari boʻladi. Kredit tariхi, barqarorlik reytingi yoki korхona toifasiga qoʻshimcha talablar qoʻyish taqiqlanadi.

 

Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash meхanizmi ham oʻzgarmoqda – tuman va shahar shtablari ijtimoiy yordam va хizmatlar koʻrsatiladigan "Saхovat va koʻmak",  "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" jamgʻarmalarining mablagʻlarini (760 mlrd soʻm) tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

2027 yil 1 yanvardan boshlab odamlarning ijtimoiy yordam va хizmatlarga boʻlgan ehtiyoji, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar baholash tizimi asosida aniqlanadi. Moliyaviy sharoitlardan tashqari, oila a’zolarining surunkali kasalliklari, nogironlik, mehnat migratsiyasi, bolalar soni va boshqa omillar hisobga olinadi.

 

Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli tizim orqali baholanadi. Olingan natijalar asosida oilalarga tegishli toifalar beriladi va ular ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari va хizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

Shu bilan birga, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mehnat shartnomalari boʻyicha band boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish ta’tili tugagan paytdan boshlab bola bir yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlashni boshlaydi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha tuman va shahar shtablarining asosiy vazifalari;
  • Vaucher vositasida taqdim etiladigan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2026 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova