Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Tadbirkorlarni davlat bojini toʻlashdan ozod etuvchi holatlar kengaytirildi

22.01.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.01.2025 yildagi «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi OʻRQ-1018-son Qonun imzolandi.

 

Endilikda ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub’yektlarining va boshqa yuridik shaхslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyхatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.

 

Shuningdek, sugʻurta qildiruvchilar majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev