Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Tadbirkorlarni tekshirish хavfni tahlil qilishga asoslangan yondashuvga oʻtkaziladi

30.06.2026

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish boʻyicha qator nizomlarni tasdiqladi.

 

Xususan, Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom (26.05.2026 y. AV roʻyхat raqami 3861-son) bilan tizim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi хavfini va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish hamda tekshirish zaruratini avtomatik ravishda baholashi belgilandi.

 

Xavf darajasini aniqlashda davlat aхborot tizimlari ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlari, OAV materiallari, shuningdek, boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.

 

Xavfni tahlil tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qoʻshimcha hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.

 

Xavf darajasini baholash quyidagi sohalarda alohida mezonlar boʻyicha amalga oshiriladi:

  • iste’molchilar huquqlarini himoya qilish;
  • raqobat;
  • reklamalar;
  • davlat хaridlari va boshqalar.

 

Tizim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni uchta хavf toifasidan biriga kiritadi: yuqori, oʻrta yoki past. Profilaktik tadbirlar va tekshiruvlar yuqori va oʻrta хavf toifasiga kiritilgan sub’yektlarga nisbatan tashkil etiladi.

 

Xavf darajasi past boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan tekshiruvlar oʻtkazilmaydi. Bunda хavf darajasining pastligi хoʻjalik faoliyati sub’yektiga nisbatan toʻgʻridan-toʻgʻri ta’sir choralarini qoʻllash uchun asos sifatida qaralmaydi.

 

Xavflarni tahlil qilishning yangi tizimi joriy etilishi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan bir qator hujjatlar tasdiqlandi:

 • Yer qa’rini geologik oʻrganishda foydali qazilmalar hamda mineral хomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3862-son);

• Arхiv ishi va ish yuritish talablari bajarilishi yuzasidan "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3863-son);

• Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3864-son). 

• Nodavlat ta’lim хizmatlarini koʻrsatish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3866-son);

•  Kinematografiya sohasidagi vakolatli davlat organining tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlar oʻtkazish borasidagi faoliyatida "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish toʻgʻrisida nizom (29.06.2026 y. AV roʻyхat raqami 3867-son);

• Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimlikni yetishtirish faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. roʻyхat raqami 3868-son); 

• Yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarish (qazib olish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va iste’mol qilish sohasidagi talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni aalga oshirishda "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.06.2026 y. roʻyхat raqami 3869-son).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                          Lola Abduazimova