Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarni tekshirish roʻyхatiga yana bitta qoʻshimcha kiritildi

09.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 4.08.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi "Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-5490-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-182-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

 

Prezidentning 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaga qoʻshimchalar kiritildi. U 172-pozitsiya bilan toʻldirildi. Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida ularni roʻyхatga olish yoʻli bilan vakolatli organni хabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar Roʻyхatiga yana bittasi qoʻshildi:

asosli ma’lumotlar boʻlganda koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini tekshirish hamda boshqarish organlari tomonidan koʻp kvartirali uylarda yuzaga kelgan avariya vaziyatlarini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilganligi ustidan nazorat qilish.

 

Tekshiruv Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 1 kundan oshmagan holda oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.08.2022 yildan kuchga kirdi.