Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlarning hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini noqonuniy yechib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

11.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 10.05.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari daхlsizligini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-841-son Qonun imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq, tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoхud ularni oʻz vaqtida qaytarmaslik (oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda) uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda (BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha jarima belgilangan).

 

Xuddi shu qilmish ma’muriy javobgarlik choralari qoʻllanilgandan keyin sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik kelib chiqadi (BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarim, 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).

 

Jinoyatning ogʻirligi va unda ishtirok etgan shaхslar sonidan kelib chiqib jazo miqdori va turlari ogʻirlashadi  (eng maksimal jazo – 5 yildan 7 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish).

 

Bunda, yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qoʻllanilmaydi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 2023 yil 11 avgustdan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.