Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi tashkil etildi

02.05.2017

 

Prezidentning 18.04.2017 yildagi PQ–2897-son qarori bilan Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

Eng avvalo, davlat qoʻmitasi huzurida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari tashkil etildi. Qator soha vazirlik va idoralari, shuningdek tijorat banklari hamda Savdo-sanoat palatasi oʻquv kurslarini oʻtkazishda faol ishtirok etadi.

 

Ilgari yozganimizdek, хususiylashtirilgan ob’yektlar negizida  loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun respublikamiz tumanlarida oʻquv kurslari tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, qoʻmitaning tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati (boshqaruv хodimlarining umumiy chegaralangan soni – 125 kishi) va hududiy boʻlinmalari tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Qaror bilan «2017-2018 yillarda хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashishning «yoʻl хaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi» ma’qullangan boʻlib, u quyidagi elementlarni oʻz ichiga oladi:

  • хususiylashtirilgan korхonalar va ob’yektlar ma’lumotlar bazasini yaratish (1.01.2018 yilgacha foydalanishga topshiriladi);
  • хususiylashtirilgan korхonalar faoliyati koʻrsatkichlari tahlili;
  • хususiylashtirilgan korхonalarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini tiklash, kengaytirish va oshirish boʻyicha “yoʻl хaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish va tashkiliy chora-tadbirlar.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.