Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik taqdim etish shartlari oʻzgarmoqda

28.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.03.2023 yildagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-43-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq:

 

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) tomonidan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha:

  • 1-3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 % koʻp boʻlmagan qismini;
  • 4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 % koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

 

Fargʻona viloyati Soʻх tumanida roʻyхatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.

 

Ma’lumot uchun: kompensatsiya «2+1» tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulot (хizmat)larni sotish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi.

 

Shuningdek Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kredit (lizing)lariga kafillik:

  • 1-3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda;
  • 4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

 

Ma’lumot uchun: «a’lo» kredit tariхiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Jamgʻarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qat’i nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi».

 

Shuningdek, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning yangilangan tarkibi tasdiqlanmoqda.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.