Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tadbirkorlikka oid koʻmak loyihalariga Savdo-sanoat palatasi hamkor sifatida jalb etiladi

19.05.2023

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.05.2023 yildagi  “Savdo-sanoat palatasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-73-son Farmoni imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi.
  • SSPning qoʻshimcha moliyalashtirish manbai sifatida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar belgilanmoqda.

 

Ma’lumot uchun: 2023 yilning  yakuniga qadar respublikaning 23 ta tumanida SSP, хayriya mablagʻlari hamda mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan «tadbirkorlar хiyobonlari»ni barpo etilishi rejalashtirilgan.Mazkur хiyobonlar Wi-Fi zonalarga ega boʻladi hamda ulardan tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish maydoni sifatida foydalaniladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.