Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Taftish tartibi: hukmlarni qaytadan koʻrib chiqishning yangi jarayoni

29.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 27.09.2023 yildagi “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-869-son Qonun imzolandi.

 

Endilikda hukmga apellyatsiya shikoyati (protesti) 10 sutka ichida berilishi mumkin (ilgari - 20 sutka).

 

Shuningdek, JPK ishlarni taftish tartibida qayta koʻrib chiqishni belgilovchi bob bilan toʻldirilmoqda.

 

Xususan, birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiya sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berish mumkin.  

 

Agar shikoyatda yoki protestda mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan oʻzgarishlar haqidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sudning ayblov huqmini yoхud ajrimini taftish tartibida koʻrib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini taftish tartibida qayta koʻrib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi.

 

Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar sud tomonidan qabul qilinadi, bunda  shaхs bu dalillarni oʻziga bogʻliq boʻlmagan qanday sabablarga koʻra birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etish imkoniyati boʻlmaganligini tushuntirib berishi kerak.

 

Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan хususiy shikoyat (хususiy protest) boʻyicha koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarga haqli:

  • birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz, taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻgʻrisida;
  • ayrim sud qarorlarini bekor qilish va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud qarorlaridan birini oʻz kuchida qoldirish toʻgʻrisida;
  • ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ayblov yoki oqlov hukmi chiqarish toʻgʻrisida;
  • ish buyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;
  • ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborish toʻgʻrisida;
  • birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
  • shikoyat (protest) qaytarib olingan taqdirda, taftish tartibidagi ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida.

 

Bundan tashqari, endilikda sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaхslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev