Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Taхiatosh IESni modernizatsiya qilishga 678 mln dollar investitsiya qilinadi

28.09.2017

 

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ-3264-son qarori bilan «Taхiatosh IESda 230 — 280 MVt quvvatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmalari qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Taхiatosh IES 1974 yilda qurilgan. Uning oʻrnatilgan quvvati - 730 MVt., ishlatiladigan yoqilgʻi – tabiiy gaz, rezerv yoqilgʻi – mazut.

 

2015 yilda investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangan. Uning umumiy qiymati – 678,26 mln AQSh dollari, ulardan:

  • 300 mln AQSh dollari –Osiyo taraqqiyot banki zayomi;
  • 230,7 mln AQSh dollari – Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti;
  • 27,3 mln AQSh dollari ekv. –«Oʻzbekenergo» AJning oʻz mablagʻlari;
  • 120,2 mln AQSh dollari ekv.– Oʻzbekistonning imtiyozlar va preferensiyalar koʻrinishidagi hissasi.

 

Xalqaro tender savdolari yakunlari boʻyicha «Oʻzbekenergo» AJ «Nyundai Engineering Co. Ltd.» va «Nyundai Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyalari konsorsiumi bilan ikkita bugʻ-gaz qurilmalarini “foydalanishga tayyor holda” qurish yuzasidan kontrakt tuzdi.  Keyinchalik optimallashtirishni inobatga olgan holda kontraktning umumiy summasi 103,96 mln yevro va 318,1 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Qaror bilan qator tashkiliy masalalar tartibga solingan. Loyiha qatnashchilariga davlatimizning uning amalga oshirilishiga qoʻshgan hissasi hisoblanadigan  soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari  taqdim etildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.