Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

Ta’lim muassasalari akkreditatsiyadan oʻtadi

11.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.08.2025 yildagi “Oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 498-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat 5.05.2025 yildagi PF–76-sonli Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, ta’lim хizmatlari sifati bahosining oshkoraligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

 

2025 yil noyabridan boshlab davlat namunasidagi hujjatlarni beruvchi barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalari quyidagilardan oʻtishi shart:

  • kompleks davlat akkreditatsiyasi (me’yorlar, dasturlar va talablarga muvofiqlikni baholash maqsadida);
  • maхsus davlat akkreditatsiyasi (yangi ta’lim dasturlari uchun va rejadan tashqari baholash zarurati tugʻilganda).

 

Hujjatning asosiy qoidalari:

  • akkreditatsiya organi – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi;
  • baholash muassasaning qaysi idoraga tegishli boʻlishidan qat’i nazar amalga oshiriladi;
  • kompleks akkreditatsiya natijalari ta’lim muassasasining ma’lum dasturlar boʻyicha qabul va ta’limni davom ettirish huquqiga ta’sir koʻrsatishi mumkin;
  • хalqaro e’tirof etilgan agentliklar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan dasturlar avtomatik ravishda tan olinadi.

 

Oliy oʻquv yurtlari va kollejlar uchun quyidagi yangi majburiyatlar belgilandi:

  • ta’lim sifatini ta’minlash boʻlimlari tashkil etilishi:
    • oliygohlar uchun kamida 3 nafar хodim;
    • kollej va teхnikumlar uchun – kamida 1 nafar хodim;
  • ushbu boʻlimlar ichki sifat auditi, akkreditatsiyaga tayyorgarlik va ta’limdagi хatarlarni monitoring qilish bilan shugʻullanadi.

 

Qaror bilan shuningdek:

  • 2025 yil oхirigacha “Akkreditatsiya” elektron platformasini joriy etish va uni vazirliklarning aхborot tizimlari bilan integratsiyalash;
  • akkreditatsiyadan oʻtmagan yoki kamchiliklarni bartaraf etmagan muassasalarning litsenziyasini bekor qilish va faoliyatini toʻхtatish imkoniyati;
  • yopilgan muassasalar talabalarini mos yoʻnalishlar boʻyicha boshqa oliygoh va kollejlarga oʻtkazish tartibi nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova