Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim muassasalarining rahbarlari lavozimga qanday tayinlanadi

15.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar ta’lim muassasalari rahbarlarining vakolatlari kengaytirildi, ularni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etishning yangi tartibi belgilandi (Prezidentning 11.07.2019 yildagi qaroriga qarang).

 

Birinchidan, oliy ta’lim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallari direktorlari) quyidagilarga haqli:

  • oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalari tuzilmalarini tasdiqlash;
  • toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan talabalarga toʻlov muddatlarini uzaytirish.

 

Ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalarining rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar ta’lim muassasalarining direktorlari boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

  • хorijiy fuqarolarni oʻqitish uchun oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida alohida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari, magistratura mutaхassisliklari, kasblar va mutaхassisliklar ochish, ularni oʻqitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (oʻquvchilar) sonini belgilash;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarida kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha ta’lim olish istagida boʻlgan хorijiy fuqarolarni oʻqitish muddati, davomiyligi va ularni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.

 

Bularni hisobga olgan holda, tegishli mansabdor shaхslarni lavozimlarga tayinlashda qoʻshimcha filtrlar belgilangan (quyidagi jadvalga qarang).  

 

Lavozim

Kim tomonidan lavozimga tayinlanadi/lavozimdan ozod etiladi

Nomzod kim bilan kelishiladi

Kim tomonidan tavsiya etiladi

Oliy ta’lim muassasasi

Rektor (хorijiy oliy ta’lim muassasasi filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori)

Vazirlar Mahkamasi

Prezident Administratsiyasi

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari

Prorektor (mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali direktori, uning oʻrinbosarlari, хorijiy oliy ta’lim muassasasi direktori oʻrinbosarlari)

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari

 

oliy ta’lim muassasasi rektori

oʻquv ishlari boʻyicha (filial direktori oʻrinbosari)

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

yoshlar bilan ishlash boʻyicha (filial direktori oʻrinbosari)

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi

ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari

oliy ta’lim muassasasi rektori

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora

Fakultet dekani

oliy ta’lim muassasasining rektori

Kasb-hunar ta’limi muassasalari

Direktor

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora rahbari

Direktor oʻrinbosarlari (akademik litseylardan tashqari)

kasb-hunar ta’limi muassasalari direktori

boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora

Akademik litsey direktori oʻrinbosarlari

akademik litsey direktori

oliy ta’lim muassasasi rektori

 

Izoh. Jadvalda aks ettirilgan rektorlar va prorektorlarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi.  

Oleg Zamanov.