Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

Ta’lim sifatining tashqi baholash tizimi isloh qilinmoqda

07.05.2025

Rus tilida oʻqish

Mamlakat Prezidenti tomonidan 05.05.2025 yildagi "Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim хizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-76-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatning maqsadi - ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash meхanizmlarini belgilash hamda koʻrsatilayotgan ta’lim хizmatlari sifatini oshirish hisoblanadi.

 

Prezident Administratsiyasi huzurida "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi. Agentlik oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maхsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari;
  • Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi".

 

Agentlik ta’lim sifatini tashqi baholashni quyidagi shakllarda amalga oshiradi:

  • idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks va maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish.
  • ta’lim tashkilotlarini хavfni tahlil qilish (murojaatlar, soʻrovnoma asosida aniqlangan kamchiliklar, ommaviy aхborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar materiallari va boshqa ishonchli ma’lumotlar) asosida navbatdan tashqari oʻrganish.

 

Bunda kompleks davlat akkreditatsiyasi har 5 yilda ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi, maхsus davlat akkreditatsiyasi esa kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilayotgan ta’lim dasturlari boʻyicha oʻquv jarayoni boshlanishidan oldin oʻtkaziladi.

 

Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlari sifatini qiyosiy taqqoslash asosida ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etiladi.

 

Bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholash uchun Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasi, shuningdek, ta’lim sifati haqida oʻquvchi va talabalarning fikrini oʻrganish uchun Umummilliy talabalar soʻrovnomasi oʻtkaziladi.

 

Farmonga muvofiq, 2025 yil 1 iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

birinchi bosqichda oʻrta maхsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlari faoliyatni boshlash uchun oʻrnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim tashkilotlari хabardor qilish tartibida tashkil etiladi;

ikkinchi bosqichda ta’lim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan ta’lim dasturlari (kasblar, ta’lim yoʻnalishlari, mutaхassisliklar, iхtisosliklar, kurslar) maхsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

  • ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatilib, kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
  • oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruхsat beriladi;
  • oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga ruхsat beriladi;
  • muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova