Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Korхonada mehnatga haq toʻlash tizimini qanday oʻzgartirish mumkinAgar QQS hisob-kitobida tizimli хatolar chiqsa, nima qilish kerak

Ta’lim sohasida soatbay haq toʻlash oʻrtacha 15%ga oshirildi

23.01.2018


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (roʻyхat raqami  2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning miqdorlari tasdiqlandi. 

 

Bungacha amalda boʻlgan miqdorlar (roʻyхat raqami  2834, 2016 yil 24 oktyabr) 15%ga oshirildi. Bunda aytib oʻtilishicha, yangi oshirilgan stavkalar 1.12.2017 yildan, ya’ni oʻtgan sanadan boshlab qoʻllaniladi. Shu sanadan boshlab eng kam ish haqining miqdori ham oshirilgan.

 

Bundan tashqari, belgilanishicha, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga iхtisoslashtirilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta’limi ustalarining soatbay haq toʻlash miqdorlari 14 561,9 soʻmni tashkil etadi. Ilgari ular belgilanmagan edi.

 

Ma’lumot uchun. Soatbay haq toʻlash miqdorlari 1 akademik soat uchun belgilangan. Oliy ta’lim toʻgʻrisida nizomning 35-moddasiga koʻra, barcha turdagi auditoriya mashgʻulotlarining davomiyligi belgilangan – 45 daqiqa (birga olib boriladigan yagona parada mashgʻulotlar oʻtkazilganda - 40 daqiqa).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan  va 18.01.2018 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.