Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang 2026 yilda norezidentlar daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi: toʻlash muddatlari va Hisob-kitobni taqdim etish Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi

Ta’lim sohasida soatbay ishlovchilarga yangicha haq toʻlanadi

24.04.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning yangi tartibi belgilandi (22.04.2019 yilda 3157-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). Ilgari amal qilgan soatbay haq toʻlash miqdorlari oʻz kuchini yoʻqotdi. 

 

Qabul qilingan hujjatga muvofiq 2018 yil 1 noyabrdan soatbay ishlovchilarga toʻlanadigan haq bazaviy lavozim maoshiga nisbatan foizlarda belgilangan. Ilgari mashgʻulotlarning akademik soati uchun qat’iy stavkada (aniq belgilangan summada) haq toʻlangan.

 

Oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazganlik uchun haq toʻlash tariflari belgilandi:   

 

  • oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida, qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarida, mazkur muassasalarda tashkil etiladigan oʻquv kurslarida. Foiz stavkalari shaхsning ilmiy darajasi va lavozimiga (professor, dotsent, assistent, oʻqituvchi) qarab belgilangan va bazaviy maoshning 0,61%idan 2%igacha miqdorni tashkil etadi;

 

  • oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida. Ilmiy darajaga ega boʻlgan shaхslar uchun – tegishincha oliy ta’lim muassasasi professori yoki dotsenti bazaviy maoshining 0,93%idan 1,45%igacha. Qolgan oʻqituvchilarga akademik soat uchun tegishli lavozim (katta, yetakchi oʻqituvchi va h.k.) bazaviy maoshining 1%i miqdorida haq toʻlanadi;

 

  • umumta’lim maktablarida – boshlangʻich va yuqori sinf oʻqituvchilari, oʻqituvchi-logoped va logopediya shoхobchasi mudiri uchun. Ular oʻquv mashgʻuloti oʻtkazgani uchun malaka toifasi (oliy, birinchi, ikkinchi) va ma’lumot darajasiga qarab belgilangan bazaviy maoshning 1,2%i miqdorida haq toʻlanadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.