Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” tashkil etildi

08.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-54-son qaror imzolandi.

 

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi. Loyiha ofisi direktori:

  • Prezident Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
  • Loyiha ofisi direktoriga tegishincha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi.

 

2024 yilda Loyiha ofisi quyidagilar bilan shugʻullanadi:

  • pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;
  • pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish;
  • professional ta’limdan soʻng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uch yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini (ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va boshqalar) nodavlat, shu jumladan хalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Sobir Nurberdiyev