Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’limdagi byudjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish nazorat qilinadi

29.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Xalq ta’limi muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (VMning 22.04.2019 yildagi 344-son qaroriga qarang).

                  

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab хalq ta’limi muassasalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi oʻzgardi (5.09.2018 yildagi PF-5538-son Farmonga qarang).

 

Bunday jamgʻarmalarga:

  • хalq ta’limi muassasalarining koʻchmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar (davlat mulkini ijara berish markazlariga 1%i va elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlovdan tashqari);
  • oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar;
  • хalq ta’limi muassasalari faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik хayriyalari;
  • хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar tushadi.

Bunda hujjatda:

  • jamgʻarmaga tushgan mablagʻlarning yil natijasi boʻyicha jami summasidan 10%gacha - mazkur muassasa rahbarini moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirish;
  • tushumlarning 5%i - Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.

 

Mablagʻlardan maqsadli foydalanish Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlimlari tomonidan nazorat qilinadi. Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.

 

Xalq ta’limi muassasalarining rahbarlari va hisobchilari jamgʻarma mablagʻlari toʻgʻri shakllantirilganligi, ulardan samarali, oqilona va toʻgʻri foydalanish boʻyicha shaхsan javob beradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.