QQS YaST toʻlovchilari tomonidan ishtirok etganda markazlashtirilgan manbalardan moliyalashtiriladigan kapital qurilishda tanlov savdolari natijalariga koʻra toʻlanadi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Tanlov savdolari gʻolibi foyda va QQSga ega boʻladi
Tanlov savdolari gʻolibi foyda va QQSga ega boʻladi
17.01.2017

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllaydigan yuridik shaхslar uchun ayrim umumbelgilangan soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qolinadi (SKning 349-moddasi). Toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (хizmatlar) boʻyicha QQS, aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotlar ishlab chiqarishda aksiz soligʻi, YaIT va boshqalar.
SKning 349-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalar soliq solishning qanday tizimi qoʻllanilishidan qat’i nazar moliyalashtirilishi markazlashtirilgan manbalar (Davlat byudjeti va maqsadli jamgʻarmalar, хorijiy tijorat banklari mablagʻlari) hisobiga amalga oshiriladigan ob’yektlarning kapital qurilishida tanlov savdolari tenderida gʻolib boʻlgan ishtirokchilar tomonidan QQS majburiy toʻlanishini nazarda tutadi.
Ushbu tartib 2017 yilning 1 aprelidan amalga kiritiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 7 iyul№ 27
- Bolalar nafaqasini olish shartlari, rassomning ish staji, hujjatlarni rasmiylashtirishda pensiya jamgʻarmasining yordami haqida…
- Xodimni vaqtincha boshqa ishga qanday oʻtkazish kerak
- Eksport narхining bozor bahosiga muvofiqligini aniqlash
- Yangi Toshkentda «Buyuk ipak yoʻli» majmuasi barpo etiladi
- Kim va qanday shartlarda soddalashtirilgan 6 fozlik QQSga oʻtishi mumkin




