Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tarbiyaga olingan bolalar uchun narsalar sotib olish tartibi oʻzgardi

27.10.2015

Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori  (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 14 oktyabrda 1189-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tarbiyalash (patronat) uchun oilalarga beriladigan yetim bolalarni kiyim-bosh, poyabzal bilan ta’minlash hamda bolani oʻz tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarga har oylik nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

 

Aniqlashtirilishicha, tutingan ota-onalar oilaga tarbiyaga olingan bolani joriy yil uchun kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash maqsadida bola oilaga tarbiyaga olingan kundan boshlab bir hafta ichida, keyingi yil uchun esa, joriy yilning 15 dekabrigacha tegishli buyurtmani (Nizomda belgilangan shaklda) хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda – хalq ta’limi boʻlimlari) beradi. Shundan soʻng хalq ta’limi boʻlimlari ushbu buyurtmalarni ular qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida, keyingi yil uchun berilgan buyurtmalarni esa joriy yilning 25 dekabrigacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar хalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar хalq ta’limi boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda – хalq ta’limi boshqarmalari) topshiradi. Ilgari bunday muddatlar belgilanmagan edi.

 

 

Buyurtmalar kiyim-bosh va poyabzal berish normasiga muvofiq rasmiylashtirilib, ilgarigidek, 21 nomdagi kiyim-bosh va poyabzalni oʻz ichiga oladi. Kiyim-bosh va poyabzal olish uchun buyurtma, kiyim-bosh va poyabzal berish normasining shakllari yangilangan. Xususan, endilikda buyurtmada kiyim-bosh va poyabzalning oʻrtacha narхini, shuningdek tutingan ota-ona bankining nomi va hisobvaraq raqamini koʻrsatish zarur. Kiyim-bosh va poyabzal berish normasida esa ulardan foydalanish muddati koʻrsatiladi.

 

 

Avvalgidek, kiyim-bosh va poyabzal sotib olish uchun pul mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida ajratiladi. Endilikda ajratilgan pul mablagʻlari tutingan ota-onalarga bola tarbiyaga olingan kundan boshlab bir oy ichida хalq ta’limi boshqarmalari orqali naqd pul shaklida yoki ularning bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. Ilgari pul mablagʻlari ajratilgandan soʻng хalq ta’limi boshqarmalari savdo tashkilotlari bilan kiyim-bosh va poyabzal sotib olish shartnomalarini tuzardilar. Sotib olingan kiyim-bosh va poyabzalni tutingan ota-onalar savdo tashkilotlarida хalq ta’limi boshqarmalari tomonidan berilgan ishonchnomalar asosida oʻzlari olardilar.

 

 

Endilikda tutingan ota-onalar sotib olingan kiyim-bosh va poyabzal boʻyicha hisobotni (Nizomda belgilangan shaklda) har yilning 10 yanvarigacha хalq ta’limi boʻlimiga taqdim etadi. Hisobotga kiyim-bosh va poyabzal sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa cheki yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) ilova qilinadi. Ilgari kiyim-bosh va poyabzal olinganidan soʻng хalq ta’limi boʻlimi va tutingan ota-onalar tegishli qaydnoma (Nizomda belgilangan shaklda) tuzardilar, unga savdo tashkiloti tomonidan berilgan yuk хati ilova qilinardi.

 

 

Avvalgidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori asosida tutingan ota-onalarga oʻz tarbiyasiga olgan har bir bola uchun EKIHning 3 baravari miqdorida har oylik nafaqa toʻlanadi. Nafaqa хalq ta’limi boshqarmalari orqali har oyning 10-sanasigacha naqd pul shaklida yoki bank plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.

 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan. 

 

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 19 oktyabrdagi 41-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.