Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tarjima qildirish uchun – Byuroga

21.02.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini qabul qildi (VMning 18.02.2019 yildagi 140-son qaroriga qarang).  

 

Byuro davlat muassasasi hisoblanadi, uning direktori Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

 

Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • Prezident va Bosh vazir, хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar rahbarlari va oliy mansabdor shaхslari ishtirokidagi rasmiy tadbirlarni sinхron va izchil tarjima bilan ta’minlash;
  • rasmiy tadbirlar doirasida tayyorlangan materiallarning yozma tarjimasini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan tuziladigan хalqaro shartnomalar loyihalarining davlat va хorijiy tillardagi matnlarining autentligini ta’minlashga koʻmaklashish;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU), Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti (OʻzDJTU) va boshqa iхtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan yuqori malakali tarjimonlar tayyorlash;
  • TIV хodimlarining, shuningdek shartnoma asosida davlat organlari хalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha boʻlinmalari хodimlarining хorijiy tillarni bilish boʻyicha koʻnikmalari rivojlantirilishini ta’minlash;
  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida ogʻzaki va yozma tarjima boʻyicha хizmatlar koʻrsatish.

 

Shuningdek bu yerda ogʻzaki va yozma tarjima boʻyicha pulli хizmatlar koʻrsatiladi.

 

Byuro kadrlar tayyorlash masalalari boʻyicha JIDU va OʻzDJTU bilan hamkorlik qiladi.

 

Byuro manzili: Toshkent sh., Mustaqillik shohkoʻchasi, 54-uy.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.