Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashabbusli byudjetlashtirishni moliyalashtirish uchun yana 1,3 trln soʻm ajratildi

13.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.04.2023 yildagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-117-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan 2023 yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida qiymati 1,5 trln soʻm boʻlgan 1 666 ta loyiha gʻolib deb topilgan.

 

2023 yil birinchi mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Belgilanishicha, qoʻshimcha ajratilayotgan mablagʻ 2023 yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan yoʻnaltiriladi.

 

Belgilanishicha, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar хodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha хodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yigʻishga majburlash tegishli tashkilot хodimlarini majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

 

Tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ushbu jarayonlarning yanada shaffof va haqqoniy tashkil etilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.