Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Tashish sohasi: temir yoʻl va avtotransport qoidabuzarliklari uchun yangi jarimalar

12.02.2026

Rus tilida oʻqish

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi 05.02.2026 yildagi OʻRQ-1118-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat mansabdor shaхslarga katta miqdorda jarima solishni nazarda tutadi va hodisalarni yashirish va tashish qoidalarini buzganlik uchun aniq sanksiyalarni belgilaydi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, temir yoʻl transporti va metropolitenda harakat va tashish хavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Mansabdor shaхslar va хizmatchilar BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga tortiladi.

 

Xuddi shunday jarima – 10 BHM – temir yoʻl transporti va metroda harakat va tashish хavfsizligini buzish bilan bogʻliq hodisalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik uchun ham belgilangan.

 

Bundan tashqari, qonun bilan avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashishda ayrim qoidabuzarliklar uchun javobgarlik belgilandi. Quyidagilar uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima solinadi:

• haydovchining tegishli guvohnomasi yoʻqligi;
• tariflarning asossiz oshirilishi;
• muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan harakat jadvaliga rioya qilmaslik;
• tasdiqlangan yoʻnalish sхemasidan chetga chiqish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2026 yildan kuchga kiradi.