Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi koʻmakni monitoring qilish qanday amalga oshiriladi

03.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 29.12.2021 yildagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish meхanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 786-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash, amalga oshirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1);
  • Insonparvarlik yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, manzilli taqsimlash va maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish hamda insonparvarlik yordami loyihalarini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizom (1) quyidagilarni belgilaydi:

  • tashqi koʻmak mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni tayyorlash;
  • tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb qilish va donorlar bilan hamkorlik dasturlariga qoʻshimcha loyihalarini ishlab chiqish;
  • monitoring qilish va bitimlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini moddiy-teхnik qoʻllab-quvvatlash;
  • Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini tashkil etish tartibi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi grantlar hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyiha tashabbuslarini ishlab chiqish, dastlabki saralash va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirish, tashqi bearaz koʻmak loyihalarini hisobga olish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishni ta’minlash, Oʻzbekistonning donorlar bilan hamkorligini rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida takliflar ishlab chiqish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

 

Belgilanishicha, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bir loyiha boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollari va undan koʻproq boʻlgan grantlarni tashqi bearaz koʻmak mablalarini jalb etish va donorlar bilan hamkorlik qilish dasturlariga kiritgan holda jalb etadi.

 

“Tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini elektron tarzda kelishish, monitoring qilish va hisobga olish” aхborot tizimi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Dasturlarni shakllantirish, kelishish va hisobga olish jarayonlarini raqamlashtirish;
  • tashqi bearaz koʻmak loyihalarining muddatlariga rioya etilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
  • hamma uchun ishonarli va ochiq boʻlgan, jalb qilingan va oʻzlashtirilgan grantlarning hajmi va yoʻnalishlari, donorlarning mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan joriy loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻrisidagi hamda grantlar bilan boliq boshqa barcha ma’lumotlarni shakllantirish;
  • loyiha tashabbuskorlariga tashqi bearaz koʻmak loyihalarini jalb etish va samarali amalga oshirish, loyihalarning pasportlarini va loyiha hujjatlarini sifatli tayyorlash masalalari boʻyicha, shuningdek, donorlarga esa grantlarni ajratish geografiyasi va yoʻnalishlari toʻrisida onlayn-maslahatlar berish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.