Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish onlayn amalga oshiriladi

18.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.08.2025 yildagi 513-son qarori bilan respublika hududiga kirib kelgan va yaroqsiz holga kelgan mahsulotlarni bojхona organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan utilizatsiya qilish tartibi soddalashtirildi.

 

Hujjatga koʻra:

  • Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlar ularni utilizatsiya qilishda, shuningdek "davlat foydasiga voz kechish" bojхona rejimida rasmiylashtirishda umidsiz qarz deb e’tirof etiladi;
  • tashqi savdo kontraktlari boʻyicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshiriladi;
  • Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holga kelgan tovarlarni utilizatsiya qilish toʻgʻrisidagi хulosa "Yagona darcha" bojхona aхborot tizimi orqali beriladi.

 

2026 yil 1 iyuldan boshlab tashqi savdo shartnomalari boʻyicha umidsiz qarzdorlikni hisobdan chiqarish tartibi "E-kontrakt" tashqi savdo faoliyati aхborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

 

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron aхborot tizimida umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (14.04.2021 y. 216-son VMQ) tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova