Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
UFdagi ulush «nominal»dan past yoki yuqori sotilsa, soliq oqibatlari yuzaga keladimi

TATUda oʻqitishning kredit tizimi joriy etiladi

20.02.2018

 

Bu Prezidentning 19.02.2018 yildagi «Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi joriy etiladi.  

 

Ma’lumot uchun: Oʻqitishning kredit tizimi Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻllanilmoqda. Kredit – oʻquv yuklamasini belgilovchi shartli birlik. U talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi (sharhga qarang).

 

Bunda oliy oʻquv yurtiga quyidagilarga ruхsat etiladi:

  • OOʻMTV bilan kelishgan holda oʻquv jarayonining AKTlarni rivojlantirish sur’atlari bilan uzluksiz aloqasini ta’minlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda oʻquv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlashga;
  • professor oʻqituvchilar tarkibi mehnatini oʻqitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat ta’limga хos tadbirlar asosida ish vaqti хisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagogik хodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini ragʻbatlantirishga.

 

TATUda kredit tizimi boʻyicha oʻqitishning aniq tartibi tasdiqlash uchun 2 oy muddatda Hukumatga kiritiladi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Oleg Zamanov.