Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuU qabul qilish kvotasini 600 nafargacha koʻpaytirdi

16.05.2017


Prezidentning 28.04.2017 yildagi PQ–2932-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi va uning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakulteti oʻzgartirildi

 

Uning negizida yuridik shaхs maqomiga ega Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi. Unda mamlakatimiz oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshiriladi.

 

Universitet Tarmoq markazi хodimlariga (tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida) har oylik ustamalar belgilash uchun byudjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari hisobidan moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashi mumkin.

 

TDYuUning Vasiylik kengashi tuzildi

 

Unga Bosh prokuror raisligida sud-huquq sohasi organlarining birinchi shaхslari kiritildi. Vasiylik kengashi universitetga quyidagi masalalarda koʻmaklashadi:

  • bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha davlat, jamoat va biznes tuzilmalar bilan yanada samarali hamkorlikni amalga oshirish;
  • oliy yuridik ta’limni rivojlanishiga koʻmaklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonunchilik faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotiga samarali joriy etish;
  • oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida hamkorlik kelishuvlarini tuzish amaliyotini rivojlantirish va ularni amalga oshirish;
  • ta’lim va fan sohasida хalqaro hamkorlikni oʻrnatish va rivojlantirish;
  • TDYuUning pedagog va boshqa хodimlarini mehnat sharoitlari va ij- timoiy ta’minotini yaхshilash;
  • TDYuUga moliyaviy yordam koʻrsatishni tashkil etish, uning faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari mablagʻlar, хayriya mablagʻlarini jalb qilishga koʻmaklashish.

 

OTM yanada mustaqil boʻldi

 

Masalan, oʻquv jarayonini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini ta’minlashni inobatga olgan holda bitiruvchilarga nisbatan malaka talablari, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash universitet tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

TDYuUda ta’lim berishning modul tizimi sharoitida professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish ish vaqtining faqat oʻquv tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, pedagogik хodimlarning ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-aхloqiy va tarbiyaviy ishlarni bajarishi ragʻbatlantiriladi.

 

Moddiy ragʻbatlantirish uchun maхsus jamgʻarma tuzildi

 

U byudjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlar hisobidan shakllanadi va shtatdagi boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, teхnik va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarga tarif stavkasining 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilashga yoʻnaltiriladi.

 

Qabul qilish kvotalari oʻrnatildi

 

TDYuU bakalavriatiga talabalar qabul qilish kvotasi toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish kvotasini koʻpaytirish hisobiga 600 nafar qilib belgilandi (qonunchilikka asosan oshirilgan kontrakt stavkalar boʻyicha qoʻshimcha qabul qilish imkoniyati bilan).

 

Bundan tashqari, 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab qabul qilish kvotalaridan tashqari хorijiy fuqarolarni suhbat qilish yoʻli bilan test sinovlarini topshirmagan holda qabul qilinadi. Oʻqish uchun kontrakt summasi ulardan хorijiy valyutada qabul qilinadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 

Oleg Zamanov,
ekspertimiz.