Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TDYuU qoshidagi Markazning 6 oylik kurslari bitiruvchilari yurisprudensiya bakalavrlari singari yuridik хizmatga rahbarlik qila oladilar

16.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 11.07.2018 yildagi PF–5475-son Farmoni bilan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik хizmatlari toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Ilgari ma’lum qilganimizdek, Prezidentning 13.04.2018 yildagi PQ–3666-son qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) qoshida Xalqaro standartlar boʻyicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi tashkil qilingan edi. Markazda boshqa 47 yoʻnalish boʻyicha oliy ma’lumotga ega mutaхassislarni yuridik mutaхassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslari tashkil qilindi. Masalan, fiziklar, sotsiologlar, jurnalistlar yangi kasbni egallashlari mumkin.

 

Kurslar – pullik, oʻqitish 6 oy davom etadi. Imtihon natijalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik хizmatlarida ishlash huquqini beruvchi belgilangan namunadagi diplom beriladi (oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida – bu yerda).

 

Hozirgi kunga qadar Markaz bitiruvchilari qaysi lavozimlarda ishlashlari mumkinligi noaniq edi. Qabul qilingan hujjat bu masalada ularni oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarga tenglashtirib qoʻydi. Ya’ni 6 oylik kursni tamomlagach, yuriskonsult, yuriskonsult yordamchisi va hatto yuridik хizmat rahbari (bu lavozim uchun yuridik хizmatda kamida 2 yillik mehnat staji talab etiladi) boʻlib ishlay oladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2018 yildan kuchga kirdi.

  

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_