Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Teatr va sirk artistlariga malaka toifasi beriladi

10.12.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.12.2024 yildagi “Davlat teatrlari, teatr studiyalari, sirk va konsert-tomosha muassasalarining artist хodimlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-815-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 21.02.2024 yildagi «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yili»da amalga oshirish  Davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-37-son farmoniga muvofiq qabul qilindi.

 

Nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • teatr, sirk va konsert-tomosha muassasalarida malaka toifalari bilan lavozimlarni berish tartibi;                       
  • malaka toifalarini berish mezonlari, tartibi va muddatlari;                                  
  • toifani pasaytirish yoki bekor qilish asoslari;                                                            
  • malaka toifalarini berish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi.

 

Malaka toifasi yilda bir marta belgilanadi va Badiiy kengash хulosasi asosida muassasa direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.                                

 

Malaka berish quyidagi baholash mezonlariga asoslanadi:                   

  • ijodiy qobiliyatlar;                             
  • ish staji;                                                          
  • turli konsertlar va spektakllarda ishtirok etish sifati va soni;                          
  • jamoat ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va ijodiy yigʻilishlardagi faollik.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                                Lola Abduazimova