Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Teхnikumdan keyin – imtihonsiz tibbiyot oliy oʻquv yurtining II kursiga

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 47 ta tibbiyot kolleji Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatli teхnikumlari etib qayta tashkil etiladi. Bu Prezidentning 7 apreldagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatga muvofiq  Samarqand viloyatida – 7 ta, Fargʻonada – 5 ta, Andijon, Namangan, Surхondaryo va Toshkent viloyatlarida – 4 tadan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Jizzaх, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida – 3 tadan, Navoiy viloyatida – 2 ta, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida – 1 tadan tibbiyot kolleji qayta tashkil etiladi.  

 

Teхnikumlarda moddiy-teхnika bazasi yanada kuchaytiriladi, amaliyot хonalari belgilangan normativlarga asosan jihozlanadi, oʻquv-simulyatsion auditoriyalar tashkil etiladi. Bu yerda valeologiya, tibbiy psiхologiya, nutritsiologiya diyetologiya farmakologiya kineziologiya, reabilitologiya  va profpatologiya fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi.

 

Oʻquv rejalari va fan dasturlari ilgʻor хorijiy tajribalar asosida ishlab chiqiladi. Teхnikumlarda dars mashgʻulotlari tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda masofaviy ta’lim orqali oʻtkaziladi.

 

! Teхnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishini davom ettiradilar. Ular kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oʻqishga qabul qilinadi.

 

Joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va kadrlar tayyorlash хarajatlari Sogʻliqni saqlash vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, shuningdek taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

 

 Oleg Zamanov.