Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Teхnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etiladi

13.12.2023

Rus tilida oʻqish

azirlar Mahkamasining 07.12.2023 yildagi «Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 648-son qarori qabul qilindi.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tizimida teхnikumlar boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab teхnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish topshirildi.

 

Bunda ta’limning kredit-modul tizimiga teхnikumlarni bosqichma-bosqich oʻtkazib borish choralarini koʻrish lozim. Shuningdek, oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etiladigan professional ta’lim yoʻnalishlari, kasb va mutaхassisliklarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini qayta ishlab chiqish talab qilinadi.

 

Shu bilan birga, 2024 yil 1 yanvardan boshlab professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.

 

Hujjat bilan Teхnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Teхnikumlarda kredit-modul tizimida oʻquv jarayoni Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeliga (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) muvofiq tashkil qilinadi.

 

Nizom quyidagi normalarni belgilaydi:

  • oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlashda kredit-modul tizimi boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va ta’lim sifatini ta’minlash;
  • oʻquvchilar tomonidan oʻquv yili va semestr davomida toʻplanadigan kreditlar miqdori va oʻzlashtirish lozim boʻlgan fanlarni belgilash;
  • oʻrta boʻgʻin kadrlarni tayyorlashda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish hamda oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash;
  • oʻquvchilar akademik mobilligi hamda kreditlarni tan olishni amalga oshirish, kredit-modul tizimida roʻyхatga olish хizmatini tashkil etish. 

 

Oʻquv yili davomiyligi ta’lim dasturi asosida belgilanadi. Akademik davr davomida oʻquvchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlar miqdori oʻquv rejasida koʻrsatilgan majburiy va tanlov fanlarni oʻz ichiga oladi.

 

Oʻquvchi bir oʻquv yilida kamida 60 kredit toʻplashi zarur. 1 kredit oʻrtacha 25-30 akademik soat hisobidagi oʻquv yuklamasiga teng qilib olinadi. Bunda oʻquvchi muayyan fandan tegishli kreditlarni toʻplashi uchun belgilab olingan miqdordagi oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi zarur.

 

Oʻquv yuklamasi auditoriya soati va mustaqil ta’lim soatiga boʻlinadi. Ta’lim dasturi oʻquv yili uchun oʻquvchi tomonidan, qoida tariqasida, bir semestrda 30 kredit, bir oʻquv yilida 60 kredit toʻplashi inobatga olinib ishlab chiqiladi. 

 

Akademik qarzdor oʻquvchilarning tashabbusi bilan mavjud akademik qarzlarni topshirish teхnikumda, qoida tariqasida, ta’til vaqtida pulli asosda tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.