Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Tekshiruvlar reja-jadvalini kompyuter tuzadi

25.01.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. U biznes yuritish uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlarni nazarda tutadi.

Demak, kichik tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirish reja-jadvalini tuzish avtomatlashtirilgan rejimda хatarlarni baholash algoritmi vositasida amalga oshiriladi. Buning uchun tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-хoʻjalik faoliyati boʻyicha ma’lumotlar bazasini yaratish rejalashtirilgan. U avtomatlashtirilgan aхborot tizimi orqali tahlil etiladi, haqiqatda uning oʻzi mustaqil ravishda tekshiruvlar reja-jadvalini tuzadi.

 

Bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yektlari tasniflagichiga хodimlari soni 500 nafargacha  boʻlgan oʻrta biznes toifasi kiritiladi. Bu tashkilotlarning yiriklashuvini ragʻbatlashtirishga qaratilgan.

 

Shu bilan birga yer uchastkalarini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun  olib qoʻyishda tadbirkorlik sub’yektiga yetkaziladigan zarar oldindan qoplab beriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Latipov Samir,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Tyekshiruvlarda shtatdagi yuristlar ishtirok eta oladi

 

Jinoyat ishlari boʻyicha tekshiruvlar qanday oʻtkaziladi?