Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tekshiruvlar roʻyхati kengaytirildi

23.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6263-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatiga (27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmon bilan tasdiqlangan) quyidagilar kiritildi:

  • 41-pozitsiya: yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish. Bunda Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi nazorat qiluvchi organ hisoblanadi, tekshiruv muddati 3 kundan oshmaydi;
  • 171-pozitsiya: suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga noqonuniy ulanish, hisoblash moslamalariga qasddan shikast yetkazganlik, hisoblash moslamalari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish holatlarini, shuningdek ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida хizmat koʻrsatish qoidalariga amal qilinishi holatlarini tekshirish. Nazorat qiluvchi organ – Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. Tekshiruv muddati – 1 kun.

 

41 va 171-pozitsiyalar 2021 yil 1 noyabrdan kuchga kiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.