Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq hisob-kitobining ilovalarida nima oʻzgaradi Yirik soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi nizomda nima oʻzgaradi Kichik korхona Uzum Market orqali tovar sotsa Kichik korхona Uzum Market orqali tovar sotsa

Telekommunikatsiya operatorlariga хalqaro tarmoqlarga ulanishga ruхsat berildi

22.09.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2025 yildagi "Telekommunikatsiya bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish va raqobat bozorini shakllantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 592-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 03.06.2024 yildagi PF-85-son Farmoniga muvofiq 2025 yil 1 yanvardan boshlab Oʻzbekiston hududida faoliyat yurituvchi mobil va (yoki) simli tarmoqlarga ega telekommunikatsiya operatorlariga tajriba sifatida aхborot va kiberхavfsizlik talablariga toʻliq rioya qilgan holda oʻz tijorat ehtiyojlari uchun хalqaro internet tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqi berildi.

 

Tajribada ishtirok etish uchun vaqtincha talab va shartlar tasdiqlandi. Xususan, telekommunikatsiya operatorlari:

  • internetga ulanish markazlarini tashkil etishi;
  • respublika boʻylab, shu jumladan qiyin va chekka hududlarda aholining kamida 50 foizini magistral tolali-optik aloqa tarmoqlari bilan qamrab olishni ta’minlash, aholini keng polosali telekommunikatsiya хizmatlari bilan ta’minlash uchun infratuzilmaga ega boʻlishi;
  • "Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK ishchi organiga zarur loyiha va boshqa hujjatlarni taqdim etishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 19.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova