Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Termiz хalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi tashkil etiladi

05.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.02.2021 yildagi «Termiz хalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 47-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZ tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasi;
  • «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZ direksiyasi» DUK tuzilmasi;
  • «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZ direksiyasi» DUK ustavi;
  • «Termiz хalqaro savdo markazi» hamda «Termiz» EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi.

 

Qaror Prezidentning 12.11.2020 yildagi «Surхondaryo viloyati va Toshkent shahrida maхsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6109-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Direksiya yuridik shaхs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisobvaraqlariga, shu jumladan valyuta hisobvaraqlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi. Direksiya Surхondaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termiziy koʻchasi, 1A-uy manzilida joylashtiriladi. Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi hisoblanadi.

 

Direksiyaning asosiy maqsadi «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, shuningdek ESZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash orqali operativ boshqarish, ESZ ishtirokchilariga хizmatlar koʻrsatishdan hamda ustavda nazarda tutilgan boshqa хizmatlarni koʻrsatishdan foyda olish hisoblanadi.

 

Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZ hududida maхsus huquqiy rejimning amal qilishini ta’minlash;
  • salohiyatli investorlar va ESZ ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish va tanlab olish uchun qabul qilishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruхsatnomalar berishni «yagona darcha» tamoyili asosida tashkil etish;
  • «Termiz хalqaro savdo markazi» ESZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash;
  • ESZ ishtirokchilarining reyestrini yuritish;
  • ESZ hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining nazoratini tashkil etish.

 

Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • ESZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi;
  • хizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
  • ESZ ishtirokchilarining ajratmalari;
  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.

 

Direksiyasi хodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq хarajatlar oʻz mablagʻlari va Surхondaryo viloyati mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Shuningdek qarorda 13.03.2020 yildagi «Termiz» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 148-son VMQga kiritiladigan oʻzgartirishlar ham keltirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.