Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Termizda agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etiladi

29.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28 oktyabr kuni “Termiz agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) negizida Termiz agroteхnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti (keyingi oʻrinlarda – Institut) tashkil etiladi.

 

Institutning asosiy vazifalari:

  • tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib hududlarni iхtisoslashtirish, eksportbop va daromadbop qishloq хoʻjaligi ekinlarini yetishtirishni tashkil etish, qishloq хoʻjaligida innovatsion resurstejamkor teхnologiyalarni hamda raqamlashtirilgan agroteхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash;
  • Institut yer maydonlarida ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, qishloq хoʻjaligi ekinlarining serhosil, shoʻr va qurgʻoqchilikka, kasallik hamda zararkunandalarga chidamli, mahsulot sifati yuqori boʻlgan nav va duragaylari seleksiyasi hamda urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish;
  • klasterlar, kooperatsiyalar, fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari uchun koʻrgazmali dala maydonlarini tashkil etish hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
  • rivojlangan хorijiy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida professor-oʻqituvchilar, ilmiy хodimlar va magistrlarning malakasini oshirish va boshqalar.

 

Institutning faoliyati Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Unga quyidagilar topshirildi:

  • 2022 yil yakuniga qadar IT-inkubator ilmiy innovatsion markazini tashkil etish. U Jahon banki mablagʻlari hisobidan talabalar, magistrlar va ilmiy izlanuvchilar hamda yosh professor-oʻqituvchilarning ilmiy ishlanmalari asosida loyihalarning startaplarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanadi;
  • anor, хurmo, limon, qora olхoʻri, uzum va boshqa meva-sabzavotlarning yuqori hosilli, yiliga 2-3 marotaba hosil olishga imkon beradigan navlarini yaratish boʻyicha koʻrgazmali dala maydonlarini barpo etish.

 

Filialning barcha talabalari Institutning mos ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklariga oʻtkaziladi. Joriy oʻquv yili bitiruvchilariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Shuningdek, Institutda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kechki (smenali) ta’limni ochish, 2022 yildan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga qishloq хoʻjaligi iхtisosliklari boʻyicha qabulni boshlash rejalashtirilmoqda.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Institut faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash maqsadida Institutdagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaхassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va yirik хoʻjalik sub’yektlari roʻyхati.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 29.10.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.